Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Vuchich Serbiya prezidenti lavozimini muddatdan oldin tark etishi mumkin

Vuchich Serbiya prezidenti lavozimini muddatdan oldin tark etishi mumkin

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o‘z vakolatini muddatidan oldin tugatish va 2026 yil oxirida mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlarini bir vaqtda o‘tkazish imkoniyatini taklif qildi.

Bu haqda Serbiya rahbari Pink telekanali orqali bayonot berdi.

"Rasman mening vakolatimga yana bir yarim yil vaqt qoldi, ammo bu muddat qisqaroq bo‘lishi mumkin", dedi Vuchich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat rahbariyati prezidentlik va parlament saylovlarini bir vaqtda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda. "Biz bir vaqtning o‘zida prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazishimiz mumkin. 2026 yilning dekabrida, ehtimol, biroz oldinroq bo‘lishini taxmin qilaman", - deya ta’kidladi u.

Prezident yangi nomzodni ta’minlash uchun konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritishga intilmoqchi emasligini ta’kidladi.

"Biz Konstitusiyani o‘zgartirishni xohlamaymiz va men yana prezidentlikka nomzodimni qo‘yish niyatida emasman", dedi Vuchich.

Vuchich ilk bor 2017 yilda Serbiya prezidenti etib saylangan. U 2022 yilda ikkinchi muddatga saylangan. Uning davlat rahbari sifatidagi muddati 2027 yilda tugaydi.

Kiritildi: 12:00 06.10.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!