Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azoga gumanitar yordam olib borayotgan Global Sumud xalqaro flotiliyasini Ispaniya, Italiya va Gresiya kemalari va Turkiya dronlari kuzatib bormoqda — Reuters

G‘azoga gumanitar yordam olib borayotgan Global Sumud xalqaro flotiliyasini Ispaniya, Italiya va Gresiya kemalari va Turkiya dronlari kuzatib bormoqda — Reuters

Agentlikning yozishicha, parvozni kuzatuvchi xizmatlar Turkiyaning Chorli aviabazasidan ko‘tarilgan uchta dron uch kundan beri flotiliya ustida uchib yurganini qayd etdi. Turkiya tashqi ishlar, mudofaa vazirliklari va razvedka agentligi holatga izoh bergani yo‘q.

Global Sumud flotiliyasi qirqqa yaqin kemadan iborat bo‘lib, unda turli davlatlar parlamentlari a’zolari, huquqshunoslar va faollar, jumladan iqlim o‘zgarishlariga qarshi faol Greta Tunberg ham qatnashmoqda.

Bir necha kun oldin Italiya va Ispaniya flotiliyaga yordam yoki qutqaruv zarurati tug‘ilganda hamroh bo‘lish uchun ovz kemalarini yuborgandi, biroq harbiy aralashuv harakatlarini qilmasliklarini bildirishgan. Gresiya qirg‘oq qo‘riqchilari ham flotiliya o‘z hududidan o‘tayotganda kuzatuv olib borishini ma’lum qilgan.

O‘tgan haftada flotiliya dron hujumiga uchragan va buning natijasida ba’zi kemalar shikastlandi. Isroil ushbu hodisa yuzasidan izoh bermadi, ammo ilgari G‘azoga kemalarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rishini aytgan. Isroil hukumatining fikricha, G‘azo sektoriga nisbatan qo‘llanayotgan dengiz blokadasi qonuniydir.

Kiritildi: 17:26 01.10.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!