Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda shatdaun: federal hukumat faoliyati qisman to‘xtatilmoqda

AQShda shatdaun: federal hukumat faoliyati qisman to‘xtatilmoqda

BBC'ning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Senati federal xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha ikkita qonun loyihasidan hech birini qabul qilmagan va 1 oktyabrdan boshlab hukumat faoliyatining qisman to‘xtatilishi, ya’ni shatdaun boshlanadi.

"30 sentyabr kuni Senat avval Demokratlar partiyasining hukumatni moliyalashtirishni davom ettirish haqidagi qonun loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan rad etdi, chunki demokratlar Senatda ko‘pchilik emas. Keyin esa Respublikachilar partiyasining qonun loyihasini qabul qila olmadi, chunki ular Senatda ko‘pchilik bo‘lishiga qaramay, yetarlicha ovozga ega emas. Natijada, 1 oktyabrdan Qo‘shma Shtatlar federal idoralarning bir qismi ishini vaqtinchalik to‘xtatadi", deya yozmoqda nashr.

Shatdaun tufayli birinchi navbatda milliy bog‘lar xodimlari, muzey ishchilari, transport xavfsizligi agentlari kabilar ta’tilga chiqarilishi mumkin. Bu esa hamma joyda, shu jumladan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida kechikishlarga olib keladi. Harbiylar, polisiyachilar, tibbiyot va maxsus xizmatlar xodimlari shatdaun vaqtida maosh olmasdan ishlashadi.

AQSh tarixidagi eng uzoq shatdaun Donald Trampning 1-prezidentlik muddatida yuz bergan bo‘lib, u 35 kun davom etgan va 2019 yil yanvarda yakunlangan. O‘sha paytda Tramp ma’muriyati xodimlarini McDonald's burgerlari bilan siylagan edi, chunki Oq uy oshpazi ham ta’tilga chiqarilgandi. Demokratlar esa ish haqini ololmagan davlat xizmatchilariga oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatgandi.

Kiritildi: 17:14 01.10.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!