Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Oq uy Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

Oq uy Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan hech qanday shartlarsiz muzokara olib borishga tayyor.

Bu haqda Oq uy rasmiysiga tayanib, Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiyning eslatishicha, Tramp o‘zining birinchi muddati davomida Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uch marta uchrashgan va bu "Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirish"ga hissa qo‘shgan. Agentlik manbasiga ko‘ra, AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosati shundan beri o‘zgarmagan. "Prezident Tramp hech qanday shartlarsiz Kim Chen In bilan muloqotga ochiq", - dedi ismi oshkor qilinmagan rasmiy. Yonhap axborot agentligining aniqlik kiritishicha, Oq uy Amerika prezidenti dastlabki shartlarni talab qilmayotganiga birinchi marta oydinlik kiritmoqda.

Kiritildi: 10:00 01.10.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!