“Keyingi hafta Daniya Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlarini qabul qiladi, bu yerda biz xavfsizlikka alohida e’tibor qaratamiz. Shuning uchun dushanbadan jumagacha Daniya havo maydonini barcha fuqarolik dronlari uchun yopamiz”, - dedi transport vazirligi.
Qaror so‘nggi kunlarda mamlakat aeroportlari va harbiy bazalari ustida noma’lum dronlar paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga asoslanib qabul qilindi, deb xabar beradi nemis N-Tv telekanali.
“Nomalum bir davlat” Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari bilan o‘zining dronlari orqali “xazillashishda” davom etmoqda.