WSJ: Si Tramp Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo kelishuvini imzolash sharti sifatida Tayvanni topshirishni talab qilmoqda.
"Si Jinpinga endi Bayden davridagidek “Tayvanning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaslik” siyosati yetarli emas. Ayni paytda Xitoy raisi Trampdan orolning mustaqilligiga qarshi rasmiy bayonot berishni talab qilmoqda", deya yozmoqda nashr muzokaralardan xabardor manbasiga tayanib.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Si Jinpin AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan Donald Trampga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanmoqchi.
"Xitoy yetakchisi amerikalik hamkasbiga bosim o‘tkazib, AQSh Tayvanning mustaqilligiga qarshi ekanligini rasmiy ravishda e’lon qilishiga erishishni rejalashtirmoqda", deyiladi The Wall Street Journal xabarida.
Tramp va Si Jinpin 2025 yil 31 oktyabrda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashishi mumkin.