Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moldovada parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

Moldovada parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

"Moldovada mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da 1961 ta saylov uchastkasi Shuningdek, xorijda 301 ta saylov punkti faoliyat yuritadi va u yerda ovoz berish vaqti hududlarga qarab belgilanadi", deb xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Parlament saylovlarida amaldagi prezident Mayya Sandu yetakchiligidagi Yevroittifoqqa a’zolik tarafdori bo‘lgan “Harakat va birdamlik” (PAS) partiyasi uchta rossiyaparast siyosiy kuchga qarshi kurashadi, bular “Vatanparvarlar” bloki, “Alternativa” bloki va “Bizning partiyamiz” partiyasi. Yana ikki partiya esa saylov oldidan ro‘yxatdan chiqarildi.

"Saylovda Moldovaning taqdiri hal qilinadi. Chunki aynan parlament yurtimiz kelajagini belgilaydi, bunda asosiy masala Yevropa Ittifoqiga a’zolikdir. Kreml rossiyaparast partiyalarni moliyalashtirish va saylovchilar ovozini sotib olish uchun “yuzlab million yevro” ajratdi. Moldovaning farovon kelajagi uchun adolatli ovoz bering", — dedi prezident Mayya Sandu saylov oldidan qilgan murojaatida.

Kiritildi: 11:42 28.09.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!