AQSh rasmiylari BMT shtab-kvartirasida Donald va Melaniya Tramp eskalatorga chiqqanida uning to‘xtab qolishi holatini tergov qilmoqda — Oq uy matbuot kotibi .
"Bizning tegishli mutaxassislarimiz mazkur masalani chuqur o‘rganmoqda. Bu bilan, shuningdek, AQSh Maxfiy xizmati ham shug‘ullanmoqda" — dedi Kerolayn Livitt.
U, agar tergov natijasida "BMT xodimlari Tramp va Melaniyani ataylab noqulay ahvolga solishga uringan" degan xulosa chiqsa, Vashington aybdorlarni jazolashga harakat qilishidan ogohlantirdi.
Kecha BMT shtab-kvartirasida Donald Tramp va uning rafiqasi eskalatorga qadam qo‘yishi bilan u ishlamay qolgan edi. Donald Tramp, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi vaqtida telesuflyor bilan muammolarga duch kelgandi.
"Men BMTdan faqat ikki narsani oldim: ishlamaydigan eskalator va nosoz telesuflyor", — dedi prezident BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida.