Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Soliq qonunchiligi buzilishlari bo‘yicha 73 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Soliq qonunchiligi buzilishlari bo‘yicha 73 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

2025 yilning yanvar–avgust oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 73 309 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:

🔵66 198 ta xarid cheki bermaslik,
🔵 2 658 ta to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik,
🔵 169 ta kartada to‘lovda summani sun’iy oshirish,
🔵 4 284 ta boshqa turdagi qonunbuzilish holatlari.

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga 29 578 ta holat bo‘yicha jami 21,3 mlrd so‘m (jarima summasining 20%) mukofot to‘langan.

📌Eslatib o‘tamiz, chek berilmagan yoki boshqa soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha murojaatlarni “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” bo‘limi orqali yuborish mumkin.

Kiritildi: 18:26 24.09.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!