Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentyabr oyi boshida Zelenskiy bilan uchrashuvni Moskvada o‘tkazishni taklif qilganini eslatdi. O‘shanda Putin Rossiya poytaxtini "muzokaralar o‘tkazish uchun eng yaxshi joy" deb atagan va Ukraina rasmiylariga xavfsizlik hamda barcha sharoitlar kafolatlanishini aytgandi.
"Zelenskiy ilgari ham ko‘plab variantlarni ilgari surgan, biroq ular Rossiya uchun “mutlaqo maqbul bo‘lmagan” davlatlar bo‘lgan. Masalan, Shveysariya va Avstriya tilga olingan, lekin ular de-fakto neytral emas", — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan Qozog‘istonda uchrashishni taklif qilgan edi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev esa Ostona bunday muzokaralar uchun maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.