Donald Tramp bunday fikrni Zelenskiy bilan birga o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
"Rossiya o‘ta qudratliga o‘xshamaydi. Ular bu urushni tezda tugatamiz, deb o‘ylashgan edi. Lekin ko‘rinishidan urush yana uzoq davom etadi", — dedi AQSh prezidenti.
Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Eng katta yutuq shundaki, Rossiya iqtisodiyoti hozirda juda yomon holatda. Ko‘rib turganingizdek, u qariyb halokat yoqasida. Ochig‘ini aytsam, Ukraina juda katta harbiy kuchni to‘xtatish uchun ajoyib harakat qilmoqda;
◾️ NATO mamlakatlari o‘z havo hududlarini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishi mumkin. Bunday hollarda vaziyatga qarab qaror qilinadi;
◾️ Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish haqida gapirishga hali erta;
◾️ Vengriya bosh vaziri bilan Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatish haqida gaplashmoqchiman. Agar men Viktor Orban bilan gaplashsam, u Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatadi deb o‘ylayman. Men u bilan albatta gaplashaman;
◾️ Xitoy va Hindiston Ukraina urushining “asosiy moliyaviy ta’minlovchilari” hisoblanadi, chunki ular Rossiya neftini xarid qilishda davom etmoqda.