Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQShda 38 yil begunoh qamalgan odamga 25 million dollar tovon to‘lanadi

AQShda 38 yil begunoh qamalgan odamga 25 million dollar tovon to‘lanadi

AQSh hukumati 38 yil davomida begunoh qamoqda o‘tirgan Moris Xestingsga 25 million dollar tovon to‘laydi. Bu miqdor shtat tarixidagi eng yirik nohaq sudlanganlik uchun berilgan kompensasiya bo‘ldi.

Xestings 1983 yilda Roberta Vidermayerni zo‘rlash va otib o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoqqa hukm qilingan edi. Biroq 2021 yilda uning aybsizligi tan olindi.

Qayta o‘rganilgan dalillardagi DNK namunasi Xestingsga tegishli emasligi aniqlandi. Tekshiruv 2000 yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, ammo o‘sha vaqtda rad etilgan edi.

Tekshiruv natijalari boshqa shaxs — 1983 yilda shunga o‘xshash jinoyat uchun qo‘lga olingan va 2020 yilda qamoqxonada vafot etgan Kennet Paknettga ishora qildi.

Moris Xestings jurnalistlarga shunday dedi:
“Hayotimning 38 yili o‘g‘irlandi. Hech qanday pul ularni qaytarib bermaydi, ammo bu tovon uzoq safarning yakuniga ishora qiladi.”

Kiritildi: 15:17 24.09.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!