Evropa Ittifoqi 2027 yilgacha Rossiyadan energiya sotib olishni butunlay to‘xtatmoqchi.
Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralari yakunida ma’lum qildi.
"2027 yilga borib Yevropa Rossiya energetikasidan butunlay voz kechadi", — deb yozdi u X ijtimoiy media platformasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi va AQSh "Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘i daromadlarini tezda to‘xtatishga" kelishib olgan. Tomonlar, shuningdek, Estoniya va Polshadagi so‘nggi voqealarni muhokama qilishdi, deya qo‘shimcha qildi fon der Lyayen.