AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirga taxminan 6 ming kishi tashrif buyuradi.
UFC rahbari Dana Uayt esa, ushbu turnir 2026 yil 4 iyul kuni, Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250 yilligi sanasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Bu Oq uy birinchi marta aralash jang san’ati maydoniga aylanadigan holat bo‘ladi.
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, jang Oq uyning janubiy qismidagi maysazorda o‘tkaziladi, matbuot anjumani va vazn o‘lchash jarayonlari Linkoln memorialida bo‘lib o‘tadi.
"Shouga minglab tomoshabinlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Konor Makgregor esa Oq uydagi turnirda qatnashish orqali UFC'ga qaytishini ma’lum qilgan", deya yozmoqda WSJ.