Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar alohida ajratiladi

Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar alohida ajratiladi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi aholi uchun yangi qulaylik joriy etganini ma’lum qildi. Endilikda toshkentlik iste’molchilar shaxsiy kabinet orqali issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni alohida ko‘rinishda ko‘rishlari mumkin.

Mazkur yangilik tufayli abonentlar hisob-kitoblarni aniqroq tushunish, xizmatlar bo‘yicha savollarni manzilli tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, har bir xizmat turi uchun to‘lov miqdori alohida ko‘rsatib boriladi.

Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun cabinet.veoliaenergy.uz portalida shaxsiy kabinetga kirib, “Hisob-kitoblar” bo‘limida davrni tanlash va “Sharhlash” tugmasini bosish kifoya qiladi.

Kompaniya vakillari fuqarolarga savol yoki takliflari bo‘lsa, Telegram’dagi tezkor guruh, info@veoliaenergy.uz elektron manzili hamda hududiy issiqlik ta’minoti bo‘limlariga murojaat qilish mumkinligini ta’kidladi.

Avval xabar qilinganidek, avgust oyida Toshkent shahar kengashi issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflarini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shuningga muvofiq, yangi tariflar bosqichma-bosqich kuchga kiritiladi. Veolia Energy Tashkent rahbariyatiga ko‘ra, aholining to‘lovlari hozirda bazaviy tarifning 18 foizini tashkil etadi, qolgan qismi esa shahar byudjeti tomonidan qoplab kelinmoqda. Kelgusida esa subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish va tariflarning to‘liq qoplanishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:28 22.09.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!