Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda go‘zallik saloni auksion g‘olibiga bo‘shatib berildi

Jizzaxda go‘zallik saloni auksion g‘olibiga bo‘shatib berildi

Fuqaro S.S. auksion savdolari orqali Jizzax shaxridan noturar bino sotib oladi. Biroq, uning eski egalari binodan chiqmagan edi.

Fuqaro Sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Byuroning Jizzax shaxar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning Javobgar T.SH. va boshqalarni Jizzax shahridagi go‘zallik salonidan majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlari o‘tkazildi.

Davlat ijrochisi majburiy ko‘chirish kuni va vaqti to‘g‘risida qarzdorga rasman ma’lum qilgan. Ko‘chirish kuni to‘g‘risida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo‘lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to‘sqinlik qilmasligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Ko‘chirish xolislar va tegishli tashkilot vakillari ko‘magida, davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirildi.

Majburiy ijro yakunida mazkur go‘zallik saloni qonuniy egasi S.S.ga topshirildi.

Kiritildi: 20:55 22.09.2025. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!