Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Engil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi​​​​​​​

Engil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi​​​​​​​

«Engil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik qoshida Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025 yil 1 oktyabrdan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llaniladi:

  • xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;
  • eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni o‘qitish uchun grantlar ajratish;
  • xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.
Kiritildi: 20:45 22.09.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!