Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Raxmatova Sanobar (1974 yilda tug‘ilgan, “Sonya” laqabi bilan tanilgan) O‘zbekistonga deportasiya qilindi.
U 2013–2015 yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.
Mazkur shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqirib qolamiz.
Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘payayotgani sababli, fuqarolarimizni firibgarlarga aldanib qolmasliklarini va ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz,- deyiladi xabarda.