Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi “B.Q.S.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli uyning xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy ulab foydalanib kelishi oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,3 milliard so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy ravishda olib boriladi.