Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilgan sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida Aytjan Xalmaxanov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. U yunon-rum kurashida -63 kg vazn toifasida finalda koreyalik Chung Xan-Jeni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bu natija — so‘nggi 24 yil ichida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari uchun jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal hisoblanadi.
Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 5 ta medal oldi:
Oltin: Aytjan Xalmaxanov (63 kg, yunon-rum kurashi)
Kumush: Alisher G‘aniyev (60 kg, yunon-rum kurashi)
Bronza: G‘ulomjon Abdullayev (57 kg, erkin kurash)
Bronza: Umidjon Jalolov (65 kg, erkin kurash)
Bronza: Abdullo Aliyev (72 kg, yunon-rum kurashi)