Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShda Charli Kirkni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

AQShda Charli Kirkni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

"Tadbirga 200 mingga yaqin odam keldi. Arizona shtati Glendeyl shahridagi 73 ming odamni sig‘dira oladigan State Farm Stadium stadioni to‘lib ketgan, arenani tashqarisida ham yuzlab odamlar to‘plangan", deb xabar beradi telekanal.

CNN muxbirining so‘zlariga ko‘ra, tadbirda eng yuqori SEAR-1 xavfsizlik darajasi bilan ta’minlandi, unda AQSh prezidenti Donald Tramp va vise-prezident Jey Di Vens ishtirok etdi. Sahnada himoyani ta’minlash uchun o‘q o‘tmas shisha o‘rnatildi.

Donald Trampning ta’sirli ittifoqchisi, konservativ faol Charli Kirk 10 sentyabr kuni Yuta shtatidagi universitetda chiqish qilayotgan vaqtida suiqasd qurboni bo‘lgan edi. Uning o‘ldirilishida gumonlanuvchi sifatida Tayler Robinson qo‘lga olingan.

Kiritildi: 11:50 22.09.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!