2025/2026 yilgi qishki isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlami qo‘llab-quvvatlanadi.
Noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Kambag‘al oilalar reestri” hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalarga 1 mln so‘m bir martalik moddiy yordam beriladi.
Hozirda ikki reestrda 816 mingta oila mavjud. “Mahalla yettiligi” esa 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini tuzdi.
Birinchi navbatda yordam oladiganlar:
➖ boquvchisini yo‘qotganlar;
tarkibida I–II guruh nogironi bor oilalar;
➖ nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotganlar;
➖ gaz va markaziy isitishdan xoli uylarda yashovchilar;
➖ 3 va undan ortiq oila bir xonadonda yashovchilar;
➖ og‘ir kasallikka chalingan yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar.
Arizalarni 25 sentyabrga qadar “Mahalla yettiligi”ga topshirish mumkin.