Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqining 19-paket sanksiyalari asosan Rossiyaning bank-moliya tizimiga qarshi qabul qilindi

Evropa Ittifoqining 19-paket sanksiyalari asosan Rossiyaning bank-moliya tizimiga qarshi qabul qilindi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi, 19-sanksiyalar paketini kelishib oldi. Unda bank-moliya sohasiga oid jiddiy cheklovlar belgilangan.

Bank va moliya sohasiga oid sanksiyalar:
▪️Evropa Ittifoqi Rossiya banklari va moliya tashkilotlari bilan barcha turdagi pul o‘tkazmalariga to‘liq taqiq joriy etdi. Bu cheklovlar nafaqat Rossiya ichida, balki uchinchi davlatlardagi filiallari orqali ham amal qiladi.

▪️Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimi, kredit kartalari tizimi va Tezkor to‘lovlar tizimi (SBP) cheklandi (https://t.me/banksta/78528).

▪️Kriptovalyuta sohasi ham sanksiya ostida: kriptobirjalar va kriptoplatformalar bilan operasiyalar taqiqlandi.

Kiritildi: 23:16 19.09.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!