O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun 20-24 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘ladi.
Bu yilgi sessiyada global xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT va xalqaro moliya tizimini isloh qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Prezident tashrifi dasturidan AQShning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy-investisiya tuzilmalari vakillari bilan uchrashuvlar ham o‘rin olgan.