Bokschilarimizning Liverpulda yakunlanayotgan jahon chempionatida bugungi dasturdan o‘rin olgan final janglari boshlandi. Dastlab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg) ringga ko‘tarildi.
Braziliyalik Yuri dos Reisga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz ajoyib g‘alabaga erishib (4:1), faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligiga erishdi.