Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Nepal bosh vaziri iste’foga chiqdi — BBC

Nepal bosh vaziri iste’foga chiqdi — BBC

Bosh vazir Sharma Oli tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, u mamlakatdagi hozirgi inqirozni konstitusiyaviy yo‘l bilan hal etish uchun iste’foga chiqmoqda.

Seshanba kuni Nepaldagi korrupsiyaga qarshi namoyishchilar muddatsiz komendantlik soatini buzib, yana namoyishga chiqdi. Bu hodisa ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan taqiq tufayli kelib chiqqan norozilik namoyishlarida 19 kishi halok bo‘lganidan bir kun o‘tib yuz berdi.

"Bugun Nepal hukumati ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganini e’lon qildi. Shunga qaramay, hukumatga qarshi g‘azab pasaygani yo‘q. Komendantlik soati joriy etilgan bo‘lsada, namoyishchilar parlament binosi oldida va poytaxt Katmanduning boshqa hududlarida yig‘ilishdi", deya yozmoqda BBC.

Nepal fuqaro aviasiyasi boshqarmasi xabariga ko‘ra, Katmandu xalqaro aeroporti keng ko‘lamli namoyishlar sababli yopilgan.

Kiritildi: 17:11 09.09.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!