Nashrning yozishicha, Epshteynning merosini boshqarayotgan yuristlar o‘tgan oyda Kongress Vakillar palatasi nazorat qo‘mitasi talab qilgan hujjatlarni taqdim etishgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita tarkibidagi demokratlar ushbu maktub nusxasini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Oq uy esa xatdagi imzo Donald Trampga tegishli emasligini ma’lum qildi.
Iyul oyida The Wall Street Journal ushbu tabriknomaga oid ma’lumotni birinchi marta e’lon qilganida, Donald Tramp bu xabarni "feyk" deb atagan va bunday maktubni yozmaganini aytgan edi. Shuningdek, Tramp ushbu maqolani chop etgan The Wall Street Journal gazetasi, maqola mualliflari va gazetaning egasi Ruper Merdokni sudga bergan edi.
"Prezident Tramp bu suratni chizmagan va bu xatni imzolamagan. Uning huquqshunoslari mazkur masalada sud jarayonini qat’iy davom ettiradi", — dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.