Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 760 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Ularning 186 nafari bolalardir. Yana 990 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
"26 iyundan beri kamida 780 kishi halok bo‘ldi," - deyiladi xabarda.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog‘liq hodisalarda kamida 41 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati shimoliy Gilgit-Blaxtiston mintaqasida, shuningdek Karachi shahrida tabiiy ofat qurboniga aylangan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi milliy markazining aniqlik kiritishicha, kelgusi sutka davomida 100 mm atrofida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Bu miqdor avtomobil yo‘llarini suv bosishi, transport aloqasini buzishi, shuningdek, bir qator hududlarda energetika va telekommunikasiya tarmoqlariga zarar yetkazishi mumkin, deb yozadi AP.