Dubay xalqaro aeroportida (DXA) dunyodagi birinchi sun’iy intellekt (SI) yo‘lagi ishga tushirildi, deya xabar beradi AZERTADJ.
Bu tizim yo‘lovchilarga hujjatlarni ko‘rsatmasdan va to‘xtamasdan immigrasiya nazoratidan o‘tish imkonini beradi.
— Sun’iy intellekt tizimi bir vaqtning o‘zida o‘n nafargacha odamga xizmat ko‘rsatishi va yo‘lovchilarni nazorat-o‘tkazish punktlariga yetib borgunga qadar aniqlashi mumkin, — dedi Dubayning bosh rezidentlik va xorijliklar bilan aloqalar boshqarmasi (GDRFA) bosh direktori general-leytenant Muhammad Ahmad Al Marri.
Yangi sun’iy intellekt yo‘lagi proseduralarni tezlashtirish orqali aeroportning o‘tkazish qobiliyatini ikki baravar oshiradi. Shuningdek, tizim qoidabuzarliklarni aniqlaydi va shubhali pasportlarni bevosita tegishli bo‘lim mutaxassislariga yo‘naltiradi.
Dubay aeroporti 2024 yilda xalqaro yo‘lovchi tashish bo‘yicha dunyodagi eng gavjum aeroport maqomini saqlab qoldi. Ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi kutish vaqtlarini qisqartiradi, olomonni yo‘q qiladi va barcha yo‘lovchilar uchun proseduralarni qulayroq va tezroq amalga oshiradi.