Xorvatiyalik g‘avvos suv ostida nafasini 29 daqiqa ushlab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Uning yutug‘i 14 iyun kuni "Bristol" mehmonxonasi basseynida Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan rasman qayd etildi.
Suvga sho‘ng‘ishdan oldin Vitomir Marichich tanasini «zaryadlash» uchun maxsus texnika yordamida 10 daqiqa davomida toza kislorod bilan nafas oldi.
Denitrogenizasiya deb ataladigan bu jarayon qondan azotni yuvish va uni me’yordan besh baravar ko‘p kislorod bilan to‘yintirish imkonini beradi. Kislorod nafaqat qizil qon tanachalarida, balki plazmada ham eriydi, bu esa havoning "zaxirasini" sezilarli darajada oshiradi.
U avvalgi rekordchi, yana bir Xorvatiyalik g‘avvos Budomir Shobatning natijasidan deyarli besh daqiqaga o‘tib ketdi.