Iroq xavfsizlik manbalariga ko‘ra, 2025 yil sentyabr oyi boshigacha «Ayn al-Asad» bazasi AQSh qo‘shinlaridan butunlay ozod etilishi kutilmoqda. Bazaning yopilishi 15 sentyabrga rejalashtirilgan.
Bu qadam Bag‘dod va Vashington o‘rtasida Iroqdagi xalqaro koalisiyaning harbiy missiyasini tugatish to‘g‘risidagi kelishuvning bir qismidir. Anbar viloyatida joylashgan «Ayn al-Asad» bazasi ko‘p yillar davomida Amerika kuchlari uchun muhim strategik ob’ekt bo‘lib kelgan.