NATO 2024 yilda Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yubordi va 2025 yilda ham shunga o‘xshash yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan, dedi NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragon.
"NATO davlatlari barcha harbiy yordamning 99 foizini taqdim etdi. 2024 yilda uning hajmi 50 milliard dollarga yetdi. 2025 yilda biz allaqachon 33 milliard dollarga yetdik, biroq yil oxiriga kelib biz avvalgi ko‘rsatkichga tenglashamiz", - dedi Dragone Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.