NATO Ukrainaga ko‘rsatiladigan harbiy yordam miqdorini bu yilda yanada oshirishini ma’lum qildi.
NATO harbiy qo‘mitasi raisi admiral Juzeppe Kavo Dragone ta’kidlashicha, 2024 yilda Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard dollarlik harbiy yordam taqdim etilgan. 2025 yilning 1 yanvar holatiga kelib esa bu raqam allaqachon 33 milliard dollarga yetgan va yil yakuniga qadar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga yetishi kutilmoqda.
Admiralning aytishicha, prognozlar juda optimistik va NATO mamlakatlari Ukrainaga harbiy yordamni nafaqat davom ettirish, balki yanada ko‘paytirish niyatida.
AQSh va NATO Ukrainaga harbiy yordamni yangi mexanizm — Prioritized Ukraine Requirements List (PURL) orqali amalga oshirmoqda. Bu tashabbus Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, AQSh prezidenti Donald Tramp va NATO bosh kotibi Mark Ryutte o‘rtasidagi kelishuv doirasida yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan Ukrainaga Amerika qurollarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan edi.