26 yoshli erkak 105 million so‘mlik gashish savdosi chog‘ida ushlandi.
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman sudida 26 yoshli Surxondaryo viloyati fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. U giyohvandlik vositasini sotishga uringanlikda aybdor deb topildi va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tergov materiallariga ko‘ra, 2025 yil 31 yanvar kuni ayblanuvchi sherigi bilan birga noqonuniy faoliyat boshlashga kelishib, giyohvand moddalarni realizasiya qilishni rejalashtirgan. Sherigi mijoz topgan bo‘lsada, kelishuv amalga oshmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ular jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Sud majlisida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, oila a’zolari haqida qayg‘urayotganini ta’kidladi. Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 273-moddasi asosida 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sherikining taqdiri yuzasidan alohida ma’lumot berilmadi.