Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Jahon chempionati uchun qur’a tashlash qayerda o‘tkazilishi aytildi

Jahon chempionati uchun qur’a tashlash qayerda o‘tkazilishi aytildi

FIFA futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi sanasi va joyini belgiladi.

2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi sanasi va joyi aniq bo‘ldi. 5 dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtondagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, tarixdagi eng yirik qur’a marosimi AQSh madaniy markazlaridan biri Vashingtondagi Kennedi markazida 5 dekabr kuni o‘tkaziladi. Unda jamoalarning turnirdagi yo‘li belgilanadi va musobaqaga tayyorgarlikdagi muhim bosqich hisoblanadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ta’kidlashicha, Vashingtondagi tadbir nafaqat jamoalar va rasmiylar uchun, balki butun dunyo futbol muxlislari uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 16 ta mezbon shahardan keladigan muxlislar hamda OAV vakillari Kennedi markazida yig‘iladi.

2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta milliy jamoani o‘z ichiga oladi. Turnir AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida tashkil etilib, jahon futboli tarixida eng ko‘lamli musobaqa sifatida o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ilk bor mazkur chempionatda qatnashadi. Bu voqea mamlakat futboli uchun muhim marra sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 16:27 23.08.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!