AQShning Kaliforniya shtati, Saut-Leyk-Taxo shahrida g‘aroyib hodisa ro‘y berdi. Yakshanba kuni ertalab Ice Cream Shop nomli muzqaymoq do‘konida signalizasiya ishga tushdi. Polisiya voqea joyiga yetib kelganda, do‘kon ichida aylanib yurgan qo‘ng‘ir ayiqni ko‘rishdi.
Yirtqich do‘kondan chiqishdan avval qulupnayli muzqaymoqdan tatib ko‘rishga ulgurgan. Keyinchalik uni polisiya «do‘stona muomala» bilan tashqarga chiqarib yubordi. Ayiqning sotuvchi o‘rnida turgan videolavhasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va internet foydalanuvchilari uni «Momiq» deb atadi.
Ma’lumot uchun: qo‘ng‘ir ayiq (Ursus americanus) tabiatan 1,8 metrgacha o‘sishi va 300 kilogrammdan ortiq vaznga yetishi mumkin. Ular turli xil ovqatlar bilan: meva, hasharot, hatto odamlar tashlagan chiqindilar bilan ham oziqlanadi.