Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda 100 million so‘m.dan ziyod tovarlarni hujjatlarda ko‘rsatmasdan olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Andijonda 100 million so‘m.dan ziyod tovarlarni hujjatlarda ko‘rsatmasdan olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan 131,2 million so‘m qiymatdagi 4 tonna tovar moddiy boyliklar mavjud ekanligi aniqlandi.

Xozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 15:27 23.08.2025. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!