«Jurnalistlar urush haqiqatini dunyoga yetkazishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. OAVga kirishni taqiqlash — qabul qilib bo‘lmaydi», — deyiladi.
G‘azodagi gumanitar fojia dunyoga ma’lum bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.
Komitet ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo va mintaqada 192 nafar jurnalist halok bo‘lgan. G‘azo rasmiylari esa bu son 270 nafardan oshganini aytadi.
Yaqinda Isroil armiyasi Al Jazeera telekanali jurnalistlariga hujum qilib, 7 kishini o‘ldirgan. Bu OAV va xalqaro tashkilotlar tomonidan qattiq qoralangan.
Koalisiya Isroilni va barcha tomonlarni jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.