"Qo‘shma Shtatlar prezidenti 22 avgust kuni Vashingtondagi The People's House tadbirida ishtirok etdi. Voqeadan olingan suratlarda Trampning o‘ng qo‘li tonal kremi bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Tramp qo‘lini kameralardan yashirishga urinib, noqulay harakatlar qilgan", deya yozmoqda nashr.
"Prezident Tramp har kuni minglab amerikaliklar bilan uchrashadi va tarixdagi boshqa prezidentlarga qaraganda ko‘proq qo‘l siqishadi. Uning xalqqa xizmat qilishga sodiqligi o‘zgarmaydi", — dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt.
Iyul oyida shifokorlar 79 yoshli prezidentga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgani haqida ma’lum qilgandi. Bu keksalar orasida keng tarqalgan holat bo‘lib, shish va qon dog‘lari sabablarini tushuntirishi mumkin.