Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Messi kelasi mavsum “Barselona”ga qaytadi!

Messi kelasi mavsum “Barselona”ga qaytadi!

Leo faoliyatini yakunlashdan oldin yangi “Kamp Nou” stadionida o‘ynashni xohlayapti.

Bu haqda argentinalikning “Inter Mayami”ga o‘tishini birinchi bo‘lib xabar qilgan jurnalist Alex Kandall xabar berdi.

Hozircha Messi “Barselona”ga qaytishi rasman tasdiqlanmagan. Jurnalist Alex Kandallning ma’lumotiga ko‘ra: Messi yangi "Kamp Nou”da o‘ynashni xohlaydi.

U klub bilan xayrlashuv o‘yini yoki qisqa muddatli shartnoma imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Yangi “Kamp Nou” stadionini 2026-yilda to‘liq ochish rejalashtirilgan, biroq ba’zi tribunalar 2025/26-yilgi mavsumda tayyor bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 11:05 19.08.2025. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!