Xitoy Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Eronning yadroviy dasturi tufayli BMT Xavfsizlik Kengashida “darhol sanksiyalar” mexanizmidan foydalanish urinishlariga qat’iy qarshi chiqdi.
Report’ning xabar berishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Szyan Pekin har doim Eron yadroviy masalasini tinch va diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, sanksiyalar joriy etish tomonlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlamaydi, kelishmovchiliklarni bartaraf etmaydi va muzokaralarni tiklash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni sekinlashtiradi.
«Hozirgi paytda Xavfsizlik Kengashining har qanday harakatlari yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarga yordam berishi kerak, aksincha emas», — dedi diplomat.