Suriyaning Halab viloyati g‘arbida, 64-diviziya nazoratidagi hududda 500 ga yaqin harbiy xizmatchi oziq-ovqatdan zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yetkazildi.
Hodisa kecha tongga yaqin Daret-Izza tumanidagi harbiy baza hududida sodir bo‘ldi. Ko‘pchilik harbiylarda ko‘ngil aynishi, qusish va umumiy holsizlik kabi shikoyatlar kuzatildi.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam brigadalari yo‘naltirildi. Jabrlanganlar Daret-Izzadagi «Al-Kanana» shifoxonasiga olib ketildi.