Moskvada migrantlarning taksi sohasida ishlashlarini taqiqlash rejalashtirilmayapti. Bu haqda taksi xizmatini rivojlantirish jamoatchilik kengashi raisi Irina Zaripova ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, poytaxtda bu masalada butunlay boshqa yo‘ldan borilmoqda.
“Moskvada bunday taqiq joriy etilishini eshitmadim. Moskva butunlay boshqa yo‘ldan bormoqda. Bu yerda har bir haydovchi ro‘yxatdan o‘tadigan «ART» tizimi mavjud. Moskvada ularning mehnat va dam olish rejimi, transport qonunchiligiga rioya qilayotgani nazorat ostida”, — dedi Zaripova.
Uning ta’kidlashicha, taqiqlash choralari samarasiz bo‘lishi mumkin.
“Biz bunday taqiqlovchi choralarga hech tushunmaymiz. Har qanday taqiq – bu rivojlanish emas, taqiqlash degani. Sankt-Peterburg hukumati bunday qarorga kelgani afsuslanarli”, — dedi ekspert.