Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’muriyati tegishli qaror bilan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatida nazorat xaridini amalga oshirish tartibiga doir nizomni tasdiqladi.
Nizom «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, lisenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan noqonuniy xizmatlar ko‘rsatilishini barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar yoki shu kabi qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida mas’ul xodimlar «Sirli mijoz» tadbirida ishtirok etadilar.
Bunda Qo‘mitaning mas’ul xodimlari o‘zini mijoz sifatida tanishtirgan holda «Umra» xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyatini tekshiradi.
Tadbir davomida noqonuniy faoliyati ko‘rsatayotganlikda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar to‘planadi:
«Sirli mijoz» tadbiri davomida yashirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishga ruxsat beriladi. Diktofon yoki video kuzatuv moslamalari yordamida yozib olingan ma’lumotlar Qo‘mita tomonidan qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hollardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.