8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun Sayli – 2025” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yirik bayram agro-turizm, milliy an’analar va madaniy merosni o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Tadbir “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda “Arda Xiva” turizm majmuasi hududlarida tashkil etilib, quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Xorazmning eng shirin va sifatli qovunlari ko‘rgazmasi va yarmarkalari;
Milliy taomlar, gastronomik zonalar va qovundan tayyorlangan noyob taomlar;
Folklor dasturlari, teatrallashtirilgan chiqishlar va jonli konsertlar;
Hunarmandchilik yarmarkalari va mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmalari;
Milliy o‘yinlar, sport musobaqalari va bolalar uchun maxsus maydonchalar;
Turizm va agrar sohadagi ilmiy-amaliy seminarlar hamda mahorat darslari.
Festival doirasida 22 ta tematik stend, qovun va meva-sabzavotlar yarmarkalari, madaniy va gastronomik tadbirlar tashkil etiladi. Unda mahalliy aholi bilan birga xorijiy sayyohlar, blogerlar, OAV va gastromutaxassislar ham faol ishtirok etadi.
2025 yilda mazkur festivalga 1 millionga yaqin mehmon, shu jumladan 200 mingga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bayram yakunida eng yaxshi qovun yetishtiruvchilar va faol ishtirokchilar taqdirlanadi.