Qadimiy Xivaning go‘zal manzaralari, “G‘ovuk” ko‘li bo‘yidagi shinam muhit va sharqona mehmondo‘stlik — endi barchasi “Arda Xiva” turizm markazida jam bo‘ldi.
24,5 gektar maydonda qad rostlagan bu zamonaviy majmua bir vaqtning o‘zida 5 ming sayyohni qabul qila oladi. Bu yerda siz uchun: 18 ta mehmonxona — 1 080 o‘rin bilan 24 ta restoran va kafe — milliy va jahon taomlari bilan 11 ta hunarmandlar uylari — an’anaviy san’at mo‘’jizalari bilan Sharq bozori — 200 ta rasta va 40 ta do‘kon bilan 3 ming o‘rinli amfiteatr Zargarlik markazi 2 ming kishilik ochiq va yopiq akvapark 5 ta zamonaviy kinokonsert zali 4 km uzunlikdagi qayiq sayr sohili Musiqa va yorug‘lik uyg‘unligidagi favvoralar kutib oladi.
Arda Xiva — nafaqat dam olish, balki yil davomida o‘tkaziladigan xalqaro festival va tadbirlar markazi. Bu yerda “Qovun sayli”, “Xorazm milliy taomlari” festivali, “Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi, Ziyorat turizmi haftaligi kabi ko‘plab tadbirlar sayyohlarni o‘ziga rom etadi.
Majmua faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, Xivaga tashrif buyuradigan turistlar soni yiliga 1,5 millionga yetishi, viloyatda qolish muddati 2 kundan 3 kundacha uzayishi va 2 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. “Arda Xiva” — bu yerda tarix va zamonaviylik uchrashadi, xotiralar esa abadiy qoladi.