Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.
20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkin.
Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.
Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmasevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.
Shuningdek, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, san’at sohalari muassasalari va o‘quv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.
Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi.