Evropaning lentedesportiva.com sayti eksperti Oliver Obel «Manchester Siti» jamoasi futbolchilarining haftalik maoshlarini tahlil qildi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan 28 nafar futbolchining maoshi ham o‘rganib chiqilgan. Ular orasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham bor. 21 yoshli futbolchi 25-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Husanovning «shaharliklar» bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Manchester Siti» futbolchilarining haftalik maoshlari ro‘yxati:
1 – Erling Holand (haftasiga 525 ming funt)
2 – Jek Grilish (haftasiga 300 ming funt)
3 – Bernardu Silva (haftasiga 300 ming funt)
4 – Omar Marmush (haftasiga 295 ming funt)
5 – Jon Stounz (haftasiga 250 ming funt)
6 – Tiani Reynders (haftasiga 230 ming funt)
7 – Ilkay Gundo‘g‘on (haftasiga 230 ming funt)
8 – Fil Foden (haftasiga 225 ming funt)
9 – Rodri (haftasiga 220 ming funt)
10 – Yoshko Gvardiol (haftasiga 200 ming funt)
11 – Ruben Diash (haftasiga 180 ming funt)
12 – Manuel Akanji (180 ming funt)
13 – Natan Ake (160 ming funt)
14 – Kalvin Filipps (haftasiga 150 ming funt)
15 – Mateo Kovachich (haftasiga 150 ming funt)
16 – Mateus Nunes (haftasiga 130 ming funt)
17 – Ederson (haftasiga 100 ming funt)
18- Shtefan Ortega (haftasiga 90 ming funt)
19 – Niko Gonsales (haftasiga 60 ming funt)
20 – Oskar Bobb (haftasiga 50 ming funt)
21 – Jeremi Doku (haftasiga 50 ming funt)
22 – Savio (haftasiga 40 ming funt)
23 – Vitor Reys (haftasiga 40 ming funt)
24 – Riko Lyuis (haftasiga 25 ming funt)
25 – Abduqodir Husanov (haftasiga 20 ming funt)
26 – Klaudio Echeverri (haftasiga 15 ming funt)
27 – Jeyms Makeyti (haftasiga 15 ming funt)
28 – Josh Uilson-Esbrand (haftasiga 7 ming funt)