AQSh davlat kotibi Marko Rubio Isroilning roziligisiz mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi mumkin emas, deb bayonot berdi. Bu haqda u Fox Radio radiostansiyasiga bergan intervyusida bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlarining Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi «ma’nosiz va noto‘g‘ri qadam» hisoblanadi.
«Ba’zilarni bu bezovta qiladi, lekin bu befoyda. Buning hech qanday ahamiyati yo‘q», — dedi Rubio, Falastinni tan olgan G‘arb davlatlari va bu jarayonga AQShning munosabati haqida izoh berar ekan.
Rubioning bu bayonoti xalqaro maydonda Falastinni tan olish masalasidagi tortishuvlarni yanada kuchaytirishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda bir qator Yevropa davlatlari Falastinni rasman tan olganini e’lon qilgan edi.