Oq uy ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bir qator davlatlarga nisbatan joriy qilingan yuqori boj to‘lovlari 1 avgust emas, 7 avgustdan boshlab amalga kiritiladi. Kechiktirish sababi sifatida chegara va bojxona xizmatlariga yangi tizimga moslashish uchun vaqt kerakligi ko‘rsatilgan.
📌 Yaqinda AQSh Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvga erishdi: avval rejalashtirilgan 20% boj o‘rniga Yevropa mahsulotlariga 15% boj qo‘llaniladi. Evzigi, YEI AQShdan yuzlab milliard dollarlik suyultirilgan gaz va harbiy texnika xarid qilishga va’da berdi.
Indiya kabi boshqa davlatlarga nisbatan esa, masalan, 7 avgustdan 25% boj joriy etiladi. Trampning aytishicha, muzokaralar natija bermagan va bu choralar Indiyaning Rossiya bilan savdo munosabatlari bilan izohlangan.
Braziliya bilan ham muzokaralar hozircha samara bermadi. AQSh hukumati 1 avgustdan 50% boj joriy etishni rejalashtirmoqda. Janubiy Koreya va Yaponiya bilan esa Tramp kelishuvga erishdi: boshlang‘ich 25% o‘rniga 15% boj joriy etiladi.
Kecha Oq uy e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, Kanada (35%) va Shveysariya (39%) eng yuqori boj to‘lovlari qo‘llanilayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Eng yuqori tariflar Suriya (41%), Laos va Myanma (40% dan), hamda Iroqqa (35%) nisbatan belgilangan.
Qolgan davlatlar uchun esa umumiy 10%lik tarif qo‘llaniladi.